Ommaviy oferta
Tahrir: 10.11.2026
Bu ommaviy oferta — BLOKLA dasturidan foydalaniş huquqi böyiça şartnoma. Obuna uçun tölov qilib, siz uning şartlarini töliq qabul qilasiz; alohida yozma şartnoma kerak emas.
1. Tomonlar
Sotuvçi: yakka tartibdagi tadbirkor XABIBULLAYEVA SABINA SADRIDDIN QIZI, JŞŞIR 62312036520019, manzil: Toşkent şahri, Yangihayot tumani, Qörğontepa köçasi. Aloqa: Telegram @blokla_uz, jasurx265@gmail.com.
Xaridor — BLOKLA obunasi uçun tölov qilgan şaxs.
18 yoşga tölmagan xaridor BLOKLA’dan ota-onasi yoki vasiysining roziligi bilan foydalanadi va obuna uçun tölaydi.
2. Şartnoma predmeti
BLOKLA — Android telefonlar uçun dastur (uz.blokla ilovasi). U Instagram, YouTube va TikTok’dagi begona qisqa videolar lentasini yopadi: Reels, Shorts va TikTok’ning «Siz uçun» lentasini. Instagram Lite qöllab-quvvatlanmaydi: dastur uni butunlay yopadi.
Sotuvçi xaridorga tölangan muddatga BLOKLA dasturidan foydalaniş huquqini (oddiy noeksklyuziv litsenziya) beradi. Dasturning öziga bölgan barça huquqlar sotuvçida qoladi.
MXIK (ИКПУ) kodi: 10305008003000000 — «Оплата за право на использование программного обеспечения» (dasturiy ta’minotdan foydalaniş huquqi uçun tölov). QQS: 0%.
3. Narxlar va muddatlar
- Oy — 30 kun uçun 50 000 söm.
- Yil — 365 kun uçun 450 000 söm.
Amaldagi narx har doim tölovdan oldin ilovada körsatiladi. Narx özgarsa, bu allaqaçon tölangan muddatga ta’sir qilmaydi.
4. Qanday tölaş mumkin
Tölov faqat ilova içida Multicard (RahmatPay) tölov xizmati orqali amalga oşiriladi: Payme, Click, Uzum va ilovada körsatilgan boşqa tölov tizimlari yoki bank kartasi bilan.
Birinçi tölovdan oldin ilova telefon raqamingizni (+998) va tasdiqlaşni söraydi — SMS’dagi kod.
Karta ma’lumotlarini siz tölov tizimi tomonida kiritasiz. BLOKLA ularni olmaydi va saqlamaydi.
5. Foydalaniş qaçon boşlanadi
Foydalaniş tölov tizimi tölovni tasdiqlaşi bilanoq oçiladi. Joriy muddat tugamasdan yangi muddat uçun tölasangiz, yangi kunlar qolgan kunlarga qöşiladi.
6. Avtomatik uzaytiriş yöq
Har bir tölov bir martalik: biz kartalarni saqlamaymiz va heç narsani avtomatik yeçib olmaymiz. Obunani bekor qiliş şart emas — tölangan muddat tugaşi bilan foydalaniş tugaydi; uni ilovada yangi tölov bilan uzaytiriş mumkin.
7. Sinov muddati
Sinov muddati 3 kun: BLOKLA bepul işlaydi — telefon raqamisiz va tölovsiz. Sinov muddati bitta telefonga bir marta beriladi: ilovani qayta örnatiş uni yangilamaydi. Şu kunlarda BLOKLA telefoningizda işlaşini tekşirib köring.
8. «Uzluksiz bir oy» bonusi
Obunaçi butun oy davomida himoyani yoqilgan holda saqlasa, keyingi oyni akkaunt balansiga bonus bilan tölaymiz: «Oy» tarifida — keyingi oy narxi (50 000 söm), «Yil» tarifida — har bir uzilişsiz oy uçun 37 500 söm.
Quyidagilardan istalgani uziliş hisoblanadi:
- himoya BLOKLA’dagi tugma bilan öçirilgan bölsa — darhol, himoya öçgan paytda;
- tölangan davrda BLOKLA ilovasida raqamdan çiqilgan bölsa — darhol, çiqiş paytida;
- Android sozlamalarida BLOKLA’ning «Maxsus imkoniyatlar» xizmati 1 soatdan köproq öçirilgan bölsa;
- BLOKLA Android sozlamalarida 1 soatdan köproqqa majburan töxtatilgan bölsa;
- ilova telefondan öçirib taşlangan va himoya 1 soat içida qaytmagan bölsa (Google Play orqali yangilaş — öçiriş emas).
«Favqulodda 5 daqiqaga» (kuniga bir marta) — uziliş emas.
Tölangan oyda tugma himoyani bosilgandan faqat 24 soat keyin öçiradi — uziliş himoya öçgan paytdan hisoblanadi; ungaça öçirişni bekor qilsangiz, uziliş bölmaydi. Tölangan oyda ilovada sozlamalarni yumşatiş ham bosilgandan 24 soat keyin kuçga kiradi. Sinov muddatida öçiriş va yumşatiş darhol işlaydi. BLOKLA’ni Android sozlamalarida öçiriş, töxtatiş yoki öçirib taşlaş istalgan payt mumkin — yuqoridagi qoidalarga köra bu uziliş bölişi mumkin.
Oylar tölangan muddat boşidan 30 kundan hisoblanadi. Oyda uziliş bölsa, şu oy uçun bonus berilmaydi; keyingi oy — yangi imkoniyat. Bonus hisoblanişi uçun BLOKLA oy boşidan telefonda örnatilgan bölişi kerak; oy tugagaç ilova qisqaça hisobotni serverga yuboradi, buning uçun muddat yöq. Sotuvçi tölovsiz qöşgan kunlar uçun bonus berilmaydi.
Tölangan muddat davomida telefondagi BLOKLA serverga «himoya işlayapti» signalini özi, fonda yuboradi; buning uçun internet kerak. Oy uçun bonus faqat server bu signalni oyning 30 kunidan kamida 20 kunida olgan bölsa beriladi.
Bonus BLOKLA’dagi akkaunt balansiga tuşadi va faqat BLOKLA uçun tölaşga sarflanişi mumkin. Bonus pul emas: uni yeçib oliş, pulga almaştiriş yoki boşqa odamga ötkaziş mumkin emas.
Obuna uçun tölov — dasturdan foydalaniş huquqi uçun tölov, garov yoki tikiş emas. Bonus — sotuvçining rağbati: tölov summasi natijaga boğliq emas va uzilişsiz ötganingiz uçun qaytarilmaydi.
Sotuvçi kelgusi oylar uçun bonus qoidasini ilovada oldindan xabar berib özgartirişi yoki töxtatişi mumkin. Allaqaçon berilgan bonus saqlanib qoladi.
9. Pulni qaytariş
Agar tölovdan keyin obuna yoqilmagan bölsa yoki BLOKLA biz tufayli işlamagan bölsa, pul qaytariladi: töliq yoki işlamagan kunlar uçun, tölov qilingan usulda. Bu haqda Telegram orqali @blokla_uz manziliga yozing. Boşqa hollarda tölangan muddat oxirigaça sizda qoladi, hatto BLOKLA dasturidan foydalanişni töxtatsangiz ham. Xaridorning Özbekiston Respublikasining «Iste’molçilarning huquqlarini himoya qiliş töğrisida»gi Qonuni böyiça huquqlari saqlanadi.
10. Telefon raqami va telefonlar
Obuna ilovaga kirgan telefon raqamingizga tegişli. U bir vaqtda köpi bilan 2 ta telefonda işlaydi. Şu raqam bilan yana bir telefonda kirsangiz, obuna eng avval kirilgan telefondan unga ötadi.
SMS’dagi kodni heç kimga aytmang: u bilan boşqa odam sizning raqamingiz bilan kira oladi.
11. Çeklovlar
BLOKLA boşqa kompaniyalarning ilovalari (Instagram, YouTube, TikTok) ustida işlaydi, ular esa körinişini ogohlantirmasdan özgartiradi. Şunday özgarişdan keyin biror narsa yopilmay qolsa, buni BLOKLA yangilanişida tuzatamiz. BLOKLA faqat Android’da va faqat uning «Maxsus imkoniyatlar» xizmati yoqilgan paytda işlaydi.
12. Aloqa
Savol va da’volar uçun — Telegram: @blokla_uz yoki jasurx265@gmail.com. Da’voda telefon raqamingizni, tölov sanasi va summasini yozing.
13. Boşqa şartlar
Şartnomaga Özbekiston Respublikasi qonunçiligi qöllaniladi. Nizolar muzokaralar yöli bilan, kelişib bölmasa — Özbekiston Respublikasi qonunçiligida belgilangan tartibda hal qilinadi.
Sotuvçi uşbu ofertani özgartirişi mumkin. Yangi tahrir şu sahifada (blokla.uz) e’lon qilinadi va e’lon qilingandan keyingi tölovlarga nisbatan amal qiladi.
Ma’lumotlar bilan qanday işlaşimiz — «Maxfiylik siyosati» hujjatida.