Maxfiylik siyosati
Tahrir: 10.11.2026
Bu yerda BLOKLA ilovasi va blokla.uz sayti qanday ma’lumotlarni qayta işlaşi, nima uçun va ularni qanday öçiriş mumkinligi yozilgan. Ma’lumotlar böyiça savollar uçun aloqa: jasurx265@gmail.com.
1. Qanday ma’lumotlar va nima uçun
Telefon raqami bilan kirmaguningizça, telefondan qanday foydalanayotganingiz haqida heç qanday ma’lumot undan taşqariga çiqmaydi. Sinov muddati boşlanganda ilova faqat telefon identifikatori xeşini, sinov muddati boşlangan vaqtni, telefon modelini, ilova versiyasini va tilni yuboradi.
Raqam bilan kirganingizdan keyin BLOKLA serveri quyidagilarni saqlaydi:
- Telefon raqami — kiriş uçun, obuna sizga tegişli bölişi va yangi telefonda tiklanişi uçun, hamda xizmat böyiça siz bilan boğlaniş uçun: masalan, ilova sizda qanday işlayotganini söraş yoki fikr qoldirişga taklif qiliş.
- Tölovlar tarixi: tarif, muddat, summalar, tölov usuli, buyurtma raqamlari, bonus balansi. Tölovni tasdiqlaş uçun tölov tizimi kartaning yaşirilgan raqamini (masalan, 8600 **** **** 1234) va tölovçining telefon raqamini yuborişi mumkin.
- Kunlik foydalaniş xulosasi: Android ekran vaqti ma’lumotlariga köra Instagram, YouTube va TikTok’da kuniga neça daqiqa ötkazganingiz (BLOKLA’dan oldin va u bilan), BLOKLA qaysi kundan beri örnatilgani, himoya yoqilganmi, uzilişlar va ularning vaqti, BLOKLA’dan «himoya işlayapti» signali kelgan kunlar. Bu sizga natijangizni körsatiş (jumladan, yangi telefonda), «Uzluksiz bir oy» bonusini hisoblaş va xizmatni yaxşilaş uçun kerak.
- Telefon identifikatori xeşi (undan asl identifikatorni tiklab bölmaydi) — sinov muddati bitta telefonga bir marta berilişi va obuna telefonlaringizda işlaşi uçun.
- Telefon modeli, ilova versiyasi va til — xatolarni topiş va tuzatiş uçun.
«Himoya işlayapti» signali: tölangan muddat davomida BLOKLA fonda serverga telefonda himoya işlayotganini bildiradi. Signal kelgan kunlar böyiça «Uzluksiz bir oy» bonusi hisoblanadi (30 kundan kamida 20 kun kerak), oxirgi signal vaqti böyiça esa ilovani yangilaş uni öçirib taşlaşdan ajratiladi.
2. BLOKLA ekranda nimani köradi
BLOKLA’ning Android’dagi «Maxsus imkoniyatlar» xizmati ekrandagi narsani faqat Instagram, YouTube va TikTok’da va faqat telefonning özida öqiydi — begona qisqa videolar lentasini topib, yopiş uçun. Ekrandan BLOKLA heç narsani saqlamaydi, faqat özingizning Instagram profillaringiz nomlarini (5 tagaça, faqat telefonda) eslab qoladi — öz videolaringizni yopmaslik uçun. Ekrandan heç narsa heç qayerga yuborilmaydi. Yozişmalaringiz, suratlaringiz, kontaktlaringiz va joylaşuvingiz BLOKLA’ga kelmaydi.
Agar BLOKLA’ngiz eskirgan bölsa, u yangilanmagunça Instagram, YouTube yoki TikTok’ni butunlay yopişi mumkin — ilova uni Google Play’dan yangilaşni söraydi.
3. Tölov
Tölov litsenziyaga ega tölov provayderi va siz tanlagan tölov tizimi orqali ötadi. Karta ma’lumotlari ularda kiritiladi va BLOKLA’ga tuşmaydi.
4. Ma’lumotlar kimga beriladi
Biz ma’lumotlarni sotmaymiz va uçinçi şaxslarga bermaymiz, xizmat işlaşi uçun zarur bölganlardan taşqari:
- Eskiz (eskiz.uz) — telefon raqami va kiriş kodi yozilgan SMS matni;
- Tölov provayderi va tölov tizimlari — buyurtma raqami va summa;
Ma’lumotlar davlat organlariga faqat qonunda töğridan-töğri nazarda tutilgan hollarda berilişi mumkin.
5. Qayerda va qança saqlanadi
Ma’lumotlar Özbekistondagi serverda saqlanadi. Ilova va server orasida ular himoyalangan aloqa (HTTPS) orqali uzatiladi; serverga faqat xizmat egasi kira oladi.
Telefon raqami, obuna, bonus va foydalaniş xulosasi akkauntni öçirmaguningizça saqlanadi. Tölovlar haqidagi yozuvlar soliq qonunçiligi talab qilgan muddatda saqlanadi. Telefon identifikatori xeşi va sinov muddati vaqti sinov muddatini qaytadan boşlab bölmasligi uçun saqlanadi. Akkauntni öçirganingizda server jurnallarida raqamingiz şartli kod bilan almaştiriladi.
blokla.uz sayti faqat bitta cookie’da tanlangan tilni saqlaydi va taşriflar hisoblagiçlaridan foydalanmaydi. Serverning texnik jurnallari (IP manzil, sörov vaqti) suiiste’mollardan himoyalaniş uçun kerak va qisqa muddat saqlanadi.
6. Sizning huquqlaringiz
Siz haqingizda qanday ma’lumotlar saqlanayotganini bilişingiz, ularni tuzatişingiz yoki öçirişingiz mumkin: jasurx265@gmail.com manziliga yozing. Akkauntni ilovaning özida ham öçiriş mumkin — «Akkauntni öçiriş» sahifasiga qarang.
7. Özgarişlar
Siyosat özgarsa, yangi tahrir yangi sana bilan şu sahifada e’lon qilinadi.